INGICHKADA YANA BIR YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Xitoyning  Xenan provinsiyasida joylashgan "Red Persimmon" MCHJ vakillarining shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashuvi bo’lib o’tda. Uchrashuv davomida xitoylik investorlar tomonidan Ingichka konida “Volfram ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Shundan so’ng investorlar vilioyat hokimining o’rinbosari Rustam Qobilov va shahar hokim o’rinbosari Ikrom Mamatov hamrohligida Ingichka qo’rg’onida bo’lib, loyihani tashkil etishda qurilish va zaruriy kommunikasiya tarmoqlarini o’tkazish imkoniyatlarini ko’zdan kechirdilar.

Mazkur loyiha ishga tushirilishi natijasida yil davomida 600 ming tonna volfram qumi qayta ishlanadi, 100 nafar ish o’rni yaratiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM