KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA “ISHBILARMONLIK MARKAZI” OCHILDI

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar aholi uchun farovon turmush sharoitini yaxshilash bilan birga mamlakatimizni jahon hamjamiyatidagi o’rnini yuksaltirmoqda.

Ushbu islohotlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash yo‘lidagi ulkan bunyodkorlik ishlari natijasini birgina Kattaqo‘rg‘on shahri misolida ham ko‘rib turibmiz. 

Kuni kecha ushbu xayrli tadbirlarning davomi sifatida Kattaqo’rg’on shahrida yana bir yangi bino, “Ishbilarmonlik markazi” foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, shahrimiz va Ishtihon, Kattaqo'rg'on tuman sektor rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar bayram arafasida ochilgan mazkur “Ishblarmonlik markazi” shaharga ko‘rk bag‘ishlashi bilan birga aholiga xususan, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini hamda zamonaviy tadbirkorlar qatlamini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari markazdagi sharoitlar bilan tanishdilar.

Mazkur bino Milliy bank, Asaka bank va Sanoat qurilish banki ulushlari hisobidan 12 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘ evaziga barpo qilingan bo‘lib, markazning faoliyati natijasida 24 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Markazda aholini tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, kompyuter savodxonligi, ingliz tili kurslari hamda tadbirkorlar uchun advokatura, notarius, baholash, sug‘urta xizmati ham tashkil qilingan

Mazkur markaz Kattaqo‘rg‘on shahri va qo‘shni tumanlar yoshlariga, aholiga tadbirkorlik ko‘nikmalarini hamda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan tadbirkorlar qatlamini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM