Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024 yil 1-mavsumi natijalari

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 1-mavsumida 2024 yil uchun shahar byudjet parametrida ko‘zda tutilgan 5 foiz mablag‘lar doirasida ya’ni 16087.5 mln so‘m rejalashtirilgan. Shundan rejalashtirilgan mablag‘ning 50 foizi miqdorida ya’ni 8045.0 mln so‘m,  Erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan 30 foiz miqdorida ya’ni 906.0 mln so‘m, Mening yo‘lim loyihasiga ajiratilgan mablag‘larning 4000.0 mln so‘m, jami bo‘lib 12951.0 mln so‘m mablag‘lar jamg‘armaga yo‘naltirilgan. 2024 yil boshida jamg‘armada 493.3 mln so‘m qoldiq mavjud bo‘lgan.

Natijada  tashabbusli byudjet jarayonining 1-mavsumida jami mablag‘lar 13 mlrd 443.3 mln so‘mni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yilning fevral-aprel oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 100 ta loyihalar ilgari surilib, 74 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra 23 ta takliflar g‘olib deb topildi.

Jumladan:

1. Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-umumta’lim maktabining asosiy binosini ta’mirlash. 1263 ta ovoz bilan;

2. SamDU Kattaqo'rg'on filiali hududidan ochiq turdagi mini futbol stadion va sport o'yinlari maydoni qurish uchun 1242 ta ovoz bilan;

3. Tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun  1217 ta ovoz bilan;

4. Kattaqo'rg'on shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarini xavfsizligini ta'minlash maqsadida maktabga qarovulxona (nazorat punkt) qurish hamda xo'jalik buyumlarini saqlash uchun omborxona qurish uchun 1011 ta ovoz bilan;

5. Kattakurgon shahar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 982 ta ovoz bilan;

6. Nurobod MFY hududida “street ball”, “street workout” hamda “mini futbol” stadioni qurish uchun 877 ta ovoz bilan;

7. Kattaqo‘rg‘on shahar 16-maktabning kirish darvozasini almashtirish, latoklashtirish, sport zal binosi, faollar zali, oshxona, musiqa xonasini, maktab kutubxonasi issiqlik tizimini ta’mirlash, xojatxonaga boradigan yo’lakni styashka qilish, har bir o‘quv korpusiga kiradigan yo’laklarni styashka qilish, maktab fayesini eshik romlarini almashtirish uchun 863 ta ovoz bilan;

 8. Mirzo Ulug'bek nomidagi hiyobon (xalq tilida bilan Bulvar)ni zamonaviy ko'rinishga keltirish.(panjaralarni almashtirish, tungi yoritgich chiroqlarini o'rnatish, yo'laklarga plitka yotqizish, aholi uchun dam olish o'rindiqlarini o'rnatish, Workout maydonchasi qurish.) uchun 850 ta ovoz bilan;

9. Kattaqo‘rg‘on shahar 6-umumta’lim maktabining 1 va 2-binosi sinf xonalarining isitish tizimi yaroqsiz holga kelib qolganligi sababli 2 ta bino isitish tizimini yangilash, 1 ta 50 kv. metrli sinf xonasi pol qismi yaroqsiz bo’lib o‘quvchilar xavfsizligiga xavf tug‘dirayotganligi sababli sinf xona pol qismini almashtirish,  maktab hovlisida yomg‘ir va qor suvlarini to‘planib qolishini oldini olish maqsadida 700 kv. metr hududga beton qoplamasini yotqizish uchun 795 ta ovoz bilan;

10. Mahalla hududidagi Qoradaryo o'tar koʻchasini  600 m qismini asfaltlashtirish va yo'l chetiga 600 metr latoklashtirish. San’at ko'chasini 400 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish uchun 756 ta ovoz bilan;

11. Kattaqo‘rg‘on shahar 13- umumta’lim maktab fasadi, maktab binoni joriy ta’mirlash,  irrigatsiya tizimini yangilash, maktabga kirish qismini zamonaviyga almashtirish uchun 710 ta ovoz bilan;

12. Kattaqo’rg’on shahar Ingichka qo’rg’oni Nurobod MFY Kattasoy ko’chasi yoshlar va nuroniylar dam olish, yig’ilish va madaniyat - ma’rifat markazini barpo etish uchun 684 ta ovoz bilan;

13. Kattaqo‘rg‘on shahar 2-IDUM moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 596 ta ovoz bilan;

14. Kattaqo‘rg‘on shahar 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini o’rash hamda yozgi oshxona qurish uchun 574 ta ovoz bilan;

15. 16 maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida bolalar uchun sport zal binosini qurish uchun 558 ta ovoz bilan;

16. Shahardagi 6 maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv binosini joriy tamirlash hamda bolajonlarga 5 ta yozgi ayvoncha qurish uchun 554 ta ovoz bilan;

17. 19-maktabgacha ta'lim tashkilotining 1ta Bolalar ayvonchasi qurish, 4 ta bolalar ayvonchasini ta'mirlash, 200 metr yo'laklarni, 120 metr latok ta'mirlash uchun 542 ta ovoz bilan;

18. Kattaqoʻrgʻon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimiga qarashli 14-IDUM da ichki gigiyena xonasi qurish uchun 473 ta ovoz;

19. 22- maktabgacha  ta’lim tashkilotining o‘quv binosini joriy ta’mirlash hamda tashqi xojatxona qurish uchun 448 ta ovoz bilan;

20. 8-son Oʻrikzor madaniyat markazini joriy taʼmirlab, namunali madaniyat markaziga aylantirish uchun 379 ta ovoz bilan;

21. 20-maktabda xotin-qizlar uchun gigiyena xonasini tashkil qilish uchun 293 ta ovoz bilan;

22. Kattaqo‘rg‘on shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 271 ta ovoz bilan;

23. Kattaqo‘rg‘on shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 260 ta ovoz bilan loyihalar g‘olib deb topildi.

Natijada, jami 23 loyihaning umumiy qiymati - 13385.3 mln so‘mni tashkil qildi.

Fazliddin Sadriddinov,

Kattaqo‘rg‘on shahar Iqtisodiyot va Moliya bo'limi boshlig'i

 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM