Maktabdagi ta'lim jarayoni qanday yo'lga qo'yilgan?

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova  4-umumta’lim maktabida bo‘ldi. Dastlab, maktabdagi kutubxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashgan shahar hokimi ularning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Maktabni joriy yilda 21 nafar yoshlar bitiradi. Ularning barchasi oliy ta’limga o‘qish istagini bildirdi. Shahar hokimi  bugun yurtimizda ta’lim tizimida ulkan imkoniyatlar yaratilganligini albatta, yoshlar ilm olish yo‘lidagi ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozimligini ta’kidladi.

Shahar hokimi shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan ham suhbatlashdi. Ularning fikr va mulohazalarini eshitdi hamda ko‘proq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish, yoshlarda ajdodlarimizga hurmat, vatanparvarlik hissini shakllantirish borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak,- dedi.

Shuningdek, maktab jamoasining faollar zali barpo etish hamda suv masalasi bo‘yicha muammolarini ham o‘rgandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM