INSON QADRI UCHUN

Avvalroq xabar  berganimizdek, bugun shahar Drama teatrida tashkil qilingan xayriya aksiyasi ushbu shior ostida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, sektorlar, idora-tashkilotlar, tadbirkorlar, ta’lim muassasalari, mahallalar yettiligi, sog‘liqni saqlash hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  

Tadbirda so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova bu kabi xayrli ishlar xalqimizda azaliy qadriyat ekanligini aytar ekan, mehr va muruvvat oyida o‘tkazilayotgan mazkur xayrli tadbir shahrimizdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlarni ko‘ngillariga quvonch ulashishini ta’kidladi. 

Aksiyada qatnashgan ishtirokchilar mana shunday xayrli ishga hissa qo‘shayotganliklaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.


                                                                           
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM