Festival g'oliblari taqdirlandi 

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi  tomonidan Samarqandda start olgani "Barkamol avlod bolalari" festivalining Kattaqo'rg'on shahar bosqichi ham yuqori saviyada tashkil qilindi.

Jumladan, yaqinda shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida ”Tasviriy san’at”, "Konstruktor-lego", "Munchoqli bezak", "Shaxmat" , “Mental arifmetika” va "Ingliz tili" to'garak a'zolari ishtirokida o‘tkazilgan shahar bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Alisher Daminov hamda “Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘qituvchi va to‘garak a’zolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida g‘olib o‘quvchilar hamda maktabning to‘garak rahbarlariga shahar hokimligining tashakkurnomasi va sovg‘alari topshirildi.


 
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM