Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqo`rg`on shahrida sayyor qabul o`tkazdi

Qabul davomida 25 nafar fuqaroning 26 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulda 5 nafar yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM