VATANNI SEVISH HAR BIR MARD YIGITNING BURCHI

Image_tadbir: 

Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUMda harbiy-vatanparvarlikka yo‘naltirilgan sinf o‘quvchilari ishtirokida "Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni" shiori ostida tadbir o'tkazildi. 
Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b F. Boltayev hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi kafedra boshlig‘i polkovnik  J. Ibragimovlar harbiylik kasbiga qiziqqan o‘quvchilarning fikr va mulohazalarini tinglashdi. 

Tadbirda Vatanni sevish, uni ulug‘lash har bir mard yigitning burchi ekanligi ta'kidlanib, sohaga qiziqqan o‘quchilar uchun harbiylar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlikni madh etuvchi sahna ko‘rinishlari barchada katta taassurot qoldirdi.  

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM