Xalqaro xotin- qizlar kuni

"Ҳурматли шаҳримизнинг мунис ва меҳрибон, азиз аёллари, опа-сингилларимиз, муътабар онахонлар!

Bugun gòzallik va nafosat bayrami bòlgan Xalqaro xotin- qizlar kuni.
Sizdek vatanparvar va fidoyi Ayollarimizga qancha kòp aĝyorlar aytsak shuncha kamdek nazarimda.
Siz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizni tarbiyalagan, tomirlarida  To'marisning qoni jo'sh urib turgan buyuk xilqatsizlar.
Yurtimizda ulkan islohotlar, katta o'zgarishlar bo'layotgan shunday bir davrda Siz yurtimiz ĝamxòrligi, yaqinlaringiz va farzandlaringiz ardoĝidasiz.
Yangilanib borayotgan Òzbekistonga Siz azizi va mòtabar Ayollarimizning òrni beqiyos. Bugun Siz tarbiya qilgan òĝil-qizlarimizga dunyo tan bermoqda.
Erishayotgan har qanday yutuqlarimiz,avvalambor, Sizlarning mehnatlaringiz samarasi desam mubolaĝa bòlmaydi.
Sizlarni bugungi gòzallik bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Barchangizning oilangizga baxt va xotirjamlik, taningizga soĝlik- salomatlik, kònglingizga kòtarinki kayfiyat, ishlaringizga rivoj, umringiz va rizqingizga barokat tilayman. Gòzallk, baxt va quvonch sizlarni hech qachon tark etmasin.
Bayramingiz muborak bòlsin!!!
Кattaqo‘rg‘on shahar hokimi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM