Bugun shahrimizdagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya hammamizniki” shiori ostida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Vahobjon Murodqobilov, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti o‘qituvichisi G.Shodiyeva, shahar kengashi deputati , “Kattaqo‘rg‘on tonggi” gazetasi muharriri T.Hamidov, shahar kengashi deputati M.Xaydarovalarning ma’ruzalari tinglandi.
O‘quvchilar ijrosidagi qo‘shiq va raqslar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.