Targ‘ibot tadbiri maktabda

Image_tadbir: 

Bugun shahrimizdagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya  hammamizniki” shiori  ostida  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda Konstitutsiyaga kiritilayotgan  o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati   Vahobjon Murodqobilov, Samarqand Davlat tibbiyot universiteti o‘qituvichisi G.Shodiyeva, shahar  kengashi deputati , “Kattaqo‘rg‘on tonggi” gazetasi muharriri T.Hamidov, shahar kengashi deputati M.Xaydarovalarning ma’ruzalari tinglandi. 

O‘quvchilar ijrosidagi qo‘shiq va  raqslar tadbirga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM