Shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi Alisher Daminov ishtirokida “Hududda ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar”

Bugungi kunda Katta`o'rg'on shahrida 18 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan, 17 ta maktablar va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyat yuritadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 15571 nafar o‘quvchilarga 929 nafar pedagog-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

O‘qituvchilar sifat tarkibiga qaraydigan bo‘lsak, 2021-yil o‘qituvchilarning bor yo‘g‘i 57 nafari (6%) oliy toifali, 140 nafari (14,7%) birinchi toifali bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yil yakuniga kelib, ushbu ko‘rsatkich, 161 nafari (17,3%) oliy toifali,       202 nafari (21,7%) birinchi toifali o‘qituvchilarni tashkil etdi. O‘tgan yilga nisbatan oliy hamda birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi 19,1 % oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan joriy yil 3 fevralda “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Farmoyishi tasdiqlandi.

Ushbu farmoyishning 4-ilovasi 15-bandiga asosan maktab o‘qituvchilariga metodik yordam beruvchi “mobil metodik guruhlar” tashkil etildi. Mazkur Farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va malaka oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda shaharda umumta’lim maktablarda mutaxassis va ikkinchi toifali o‘qituvchilarning malakasini oshirish borasida o‘zaro kelishuvlar amalga oshirilib kelindi.

“Mobil metodik guruh”ning 1-bosqichida shahardagi mavjud 1 ta sektorda mobil metodik guruh trenerlari tomonidan metodik kunlarda jami 2 ta tayanch maktablarida 139 nafar o‘qituvchilarga mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar maktablarida jami 95 nafar chet tili o‘qituvchilaridan 27 nafari (shundan, 13 nafari C1 darajali, 14 nafari B2 darajali) chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi. 

Rus tili fanidan o‘qituvchilarning xalqaro C1 darajadagi sertifikatlar soni        2021-yil 12 nafar (18%) dan 2022-yil 25 nafar (38%) ga oshirildi. 

2021 yilda Milliy va Xalqaro sertifikat olgan o‘quvchilar 8 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil 24 nafarni tashkil etdi.

 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qaroriga muvofiq shahar umumta’lim maktablari o‘rtasida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” Respublika tanlovining birinchi shahar bosqichi g‘oliblariga shahar mahalliy byudjeti Hisobidan 1-o‘rinni egallagan 11-IDUM jamoasi 100 million,  2-o‘rinni egallagan 2-IDUM jamoasi 75 million, 3-o‘rin o‘rinni egallagan 17-IDUM jamoasi 50 million so‘m mablag‘lar bilan taqdirlandilar.

O‘quvchilarni birinchi sinfga qabuli bo‘yicha:

2022-2023-o‘quv yilida barcha umumta’lim maktablarining 1-sinflariga ADM.uz elektron bazasi orqali 1803 nafar o‘quvchilar qabul qilinib, hozirgi kunda 1 sinf o‘quvchilar soni 1815 nafarni tashkil etmoqda. 

Joriy yilning noyabr oyida o‘tkazilgan Respublika asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi Kattaqo‘rg‘on shahar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari jami 5 ta sovrinli o‘rinlar bilan viloyatda 5-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

 Ularning 1 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni va 7 nafari 

3-o‘rinni egallashdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan 2021 yilda 1 tani tashkil etib, 

4 taga oshishiga erishildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  30-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 831-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarning o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishda direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ijrosini bajarish maqsadida bo‘lim tasarrufidagi 17 ta maktablarda 2022-2023 o‘quv yilidajami 929 nafar faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlardan  220 nafariga (23%) ustama haq belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 425-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar pedagog kadrlar uchun 4 ta kvota ajritilgan bo‘lib, 12 nafar o‘qituvchi davogarlik qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6108-sonli farmoni hamda 2020-yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-4910-sonli qaroriga muvofiq ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-iyundagi “Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarori tasdiqlangan bo‘lib ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim maktablar REYTINGI 8 ta indikator bo‘yicha baholandi. Reyting natijalariga ko‘ra 2022 yilda Kattaqo‘rg‘on shahri Respublikada 27-o‘rinni, viloyatda 1-o‘rinni egalladi. Maktablar reytingi–maktabda ta’lim tizimining qanday ishlayotganligini ko‘rsatib turuvchi mezon bo‘lib, reyting orqali ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga baho berildi, ta’lim sifati monitoring va nazorat qilish ishlari ta’minlandi, shahardagi eng yuqori va eng quyi o‘rinlar belgilandi. 

“5 tashabbus –sanat bilan” shiori ostida “Yoshlar teatr studiyalari” festival tanlovining Respublika bosqichida Kattaqo‘rg‘on shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-va 13- umumta’lim maktab o‘quvchilar jamoalari ishtirok etib faxrli o‘rinlarni egalladi.

“5 tashabbus-axborot texalogiyalari bilan” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika tanlovida Kattaqo‘rg‘on shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 11-IDUMning o‘quvchilar jamoasi faxrli o‘rinni egalladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida maktablarda musiqa fanidan o‘qitish sifat-samaradorligini oshirilishini ta’minlash, o‘quvchilar tomonidan milliy cholg‘u asboblarida xalq kuylarini ijro etilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy byudjetidan 29 mln 700 ming so‘m mablag‘ ajratilib, barcha maktablarga 4 turdagi (doira, nay, dutor, rubob) musiqa asboblari va jismoniy tarbiya darslarida foydalashish uchun 26 mln so‘mlik sport jihozlari yetkazib berildi.

O‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va ularning kitobga mehrini oshirish, mutoala madaniyatini yuksaltirish maqsadida ta’lim muassasalari kutubxonalariga shahar mahalliy byudjeti xisobidan 33 million 300 ming so‘mlik badiiy kitoblar hamda kutubxonalarda axborot kommunikasiya texnologiyalardan foydalanish, kitoblarning elektron nusxalarini yuklab olish va mutoala qilish imkoniyatlarini yaratish maqsadida barcha maktab kutubxonalariga bir donadan kompyuter jamlanmalari uchun 45 million 999 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulandi. 

Barkamol avlod bolalar maktabi faoliyati bo‘yicha

“Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari soni 2021 yiloda 556 nafar (3.3%)ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2022 yil 1230 nafar (7.8%)ni tashkil etdi. Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan tarmoq to‘garaklari 2021 yil jami 11 ta tarmoq tugarak faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, bu to‘garklarga 110 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. 2022-yil umumta’lim maktablarida 15 ta tarmoq to‘garaklari bo‘lib, bu to‘garaklada 150 ta o‘quvchilar qamrab olingan.

Umumta’lim maktablarining moddiy texnik bazasi:  

2022-2023 yillarda shahardagi mavjud 17 ta maktablarning deyarlik barchasida joriy, mukammal yoki kapital rekonstruksiya hamda qayta qurilish ishlari olib borildi, natijada shaharda tamirlanmay qolgan yoki axvoli og‘ir maktablar qolmadi.

Birgina joriy yilning o‘zida 3 ta maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. 2-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabiga investisiya dasturi doirasida 24 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, barcha talablarga javob beradigan zamonaviy maktab barpo etilmoqda. Shu bilan birga 11-IDUM va 18-umumta’lim maktablarida ham investisiya dasturi doirasida Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami  14 mlrd. 324 mln so‘mlik mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

2023 yilda oldimizda turgan ustuvor vazifalar

  1. Kattaqo‘rg‘on shahardagi “Nurafshon” MFYda 600 o‘rinli yangi maktab qurish va moddiy texnik baza bilan ta’minlash.

2. 2023 yil umumta’lim maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatkichini 50% yetkazish.

 3. 2023 yil yanvar oyidan boshlab, maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassis hamda 2-toifali o‘qituvchilar uchun “Mobil metodik guruhlar”ning            2-bosqichi tashkil etish.

 4. Ota-onalar talabidan kelib chiqib, rus tilida ta’lim olib borilayotgan sinflarda fanlar kesimida o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlab, oliy ta’lim muassasalri qabul kvotalariga taklif kiritish.

5. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida oliy hamda birinchi toifali pedagog kadrlarning ulishini umumiy pedagoglarning soniga nisbatan 50 foizga yetkazish.

6. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mavjud xorijiy til fani o‘qituvchilarini milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi maqsadida xususiy sektor hamda Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo‘rg‘on Kattaqo‘rg‘on shahar filiali bilan hamkorlikda o‘quv kurslar, seminarlar va turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etish

7. Yuqori sinf o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalarga tayyorlash maqsadida ular o‘rtasida “Fanlar bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar jamoasi” bellashuvini har oyda tashkil etib borish.

8. Voyaga yetmagan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida “Besh tashabbus - besh imkoniyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini kuchaytirish.

9. Shahar miqyosida “Namunali maktab direktori”, “Namunali muallim”, “Namunali o‘quvchi” va “Namunali ota-ona” ko‘rik-tanlovlar nizomlarini ishlab chiqib amaliyotga joriy etish.

 

  Xalq ta’limi bolimi mudiri v.v. b      A.Daminov

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM