TADBIRKORLIKKA QIZIQUVCHI YOSHLAR BILAN BIZNES SAYOHAT

Shu kunlarda “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” doirasida turli tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Kuni kecha ushbu tadbirlar doirasida  shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo'limi, SamDU Kattaqo‘rg‘on shahar filiali hamda harbiy qism hamkorligida tadbirkorlikka qiziquvchi uyushmagan yoshlar, talabalar va harbiylar ishtirokida biznes sayohat tashkil qilindi.

Sayohat davomida yoshlar muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar  faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida shahrimizdagi  "Central" mehmonxonasi, "Semurg' " hamda "Peyntboll" o'yin majmuasida bo’ldilar.

Ular bilan suhbatlashish asnosida tadbirkorlik sirlari bilan tanishdilar.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM