“Soliqchi tadbirkorga koʼmakchi tamoyili doirasida tadbirkorlar qoʼllab-quvvatlanmoqda

“Soliqchi tadbirkorga ko'makchi tamoyili doirasida tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim bolgan harakatlar rejasi asosida tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlar davom etmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida hamda 2021 yil yanvar oyida oʼtkazilgan selektor yigilishlarida ishsiz aholini oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish, yangi tashkil boʻlgan tadbirkorlik subektlarini qoʼllab-quvvatlash ularning muammolarini yechishda amaliy yordam berish, banklar tomonidan ularga kredit ajratishga koʼmaklashish,  Soliqchi - tadbirkorga koʻmakchi”tamoyilini amaliyotga keng joriy etish belgilangan.

Buning natijasida Davlat soliq idoralari tizimida Tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash shoʼbalari tashkil etildi. Shoʼba xodimlarining asosiy vazifalari yangi ish boshlagan tadbirkorlik subektlariga soliq rejimini tanlashda maslahat berish, tadbirkorlik tomonidan koʼmak soʼralganda dastlabki 6 oy buxgalteriya ishini yuritishga koʼmaklashish, hisobotlarini topshirishga koʼmaklashish, Soliq imtiyozlari va ularni qoʼllash tartibini tushuntirish, muammolarini oʼrganish va yechim topish boʼyicha amaliy yordam berishdan iborat.

Bu esa ayniqsa, endi ish boshlagan tadbirkorlik subektlariga hamda faoliyatini vaqtincha toʼxtatgan korxonalarga koʼmak koʼrsatishda juda samarali boʼlmoqda. 

Xususan: Kattaqoʼrgʼon shahar davlat soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash” shoʼbasi masul xodimlari tomonidan 2021 yil 10 oylik davrda jami 1390 ta korxona oʼrganilib, koʻmaklashish zarur boʻlgan 390 ta xoʻjalik yurituvchi subektlardan 223 tasiga dastlabki buxgalteriyasini yuritishda, 25 ta soliq rejimini tanlashga, 11 ta korxonaning ShXVdan koʻchirma berish, 8 ta korxonaning 25,9 mln.som boshqa soliq turlaridan ortiqcha toʻlov soʻmmasini qaytarish, 5 ta korxonaga imtiyozli kredit olish boyicha 790,0 mln.soʻm kredit mablagʻi ajratilishga koʻmaklashildi va 12 ta soliq organiga aloqador boshqa muammolar hamda 142 ta korxonalarga elektron hisobvaraq - fakturalarini yuritish, xodimlarni rasmiylashtirish boʻyicha tushuncha va tavsiyalari berildi.

Azizbek Omonov, shahar DSI

“Tadbirkorlikni qollab-qovvatlash shobasi boshligi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM