Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar hokimi maslahatchi Bahrom Ahmadov va mas’ul xodimlar shahardagi bir qator tashkilot va muassasalarda bo’lishdi. 

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Davlat xizmatlari markazi, Mudofaa bo’limi, Xalq qabulxonasi, Pensiya jamg’armasi, Mikrokreditbank, shahar мaktabgacha ta’lim bo’limi hamda shahar elektr tarmoqlari bo’limida boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish va bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib bordi. 

Tizimda hujjatlarni yuritishda davlat tiliga rioya qilinishi koʻzdan kechirdi. Tashkilot rahbarlari, xodimlar bilan bu borada suhbat o’tkazildi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM