Amir Temur ko’chasidagi ko’p qavatli uylar atrofi obod bo’ldi 

Kattaqoʼrgʼon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obod hududga aylantirish borasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib Kattaqoʼrgʼon shahar 4-sektor rahbari tomonidan bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Jumladan, ushbu tadbirlar doirasida shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Аmir Temur mahallasi Аmir Temur koʼchasidagi koʼp qavatli uylar atroflarida obodonchilik ishlari olib borildi. 

Shuningdek, bu boradagi ishlarni davom ettirgan holda mahalladagi “Beklar” ko’chasida ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Kattaqoʼrgʼon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM