5- iyun kuni Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilindi.

Image_tadbir: 

 1972-yilning 5-iyun kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning atrof muhit muammolariga qaratilgan Butunjahon anjumanidan so‘ng muammolarning jiddiyligiga e’tibor berilib BMTning Atrof muhit dasturi ishlab chiqildi va ma’qullandi. BMT Bosh Assambleyasining o‘sha yili 15-dekabr 2994-sonli rezolyutsiyasi bilan 5- iyun kuni Butunjahon Atrof muhitni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilindi. 
Dunyoning ko‘plab davlatlari qatori har yili 5 iyunda respublikamizda «Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni» keng nishonlanadi.
 Respublikamiz ilk mustaqillik yillaridayoq asosiy ekologik siyosatni inson faoliyati, kishilar sohlihini himoya qilish uchun qulay atrof muhit sharoitlarini ta’minlashga qaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda xalqaro huquq tajribalariga, zamonaviy fan, texnika va texnologiyalarga asoslangan mukammal ekologik havfsizlik tizimi barpo etilgan. O‘zbekiston Respublikasi milliy havfsizligining bir qismini ushbu mukammal tizim tashkil etadi.
 O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati Konstitutsiya, qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha Deklaratsiyalarining tamoyillari asosida xalqaro konvensiyalar va shartnomalardan hamda yetakchi davlatlarning qonunchilik sohasidagi tajribalardan kelib chiqadigan respublikaning majburiyatlari hisobga olingan holda olib boriladi.
Mustaqillik yillarida respublikada tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida 30 dan ortiq qonun va 350 dan ortiq me’yoriy-huquqiy xujjatlar ishlab chiqildi.
 So‘nggi 16 yil ichida tabiatni muhofaza qilish borasida olib borilgan ushbu tadbirlar natijasida respublikada ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga tashlanishi 2,5 barobarga, ifloslangan oqova suvlarning tashlanishi esa 2 barobarga kamayishiga erishildi. 
  Kattaqo’rg’on shahar Ekologik partiya tashkiloti.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM