TADBIRKORLAR - DAVLAT TILIGA AMAL QILING

Xabaringiz bor “Davlat tili haqida”gi qonunning 20-moddasi ijrosi yuzasidan shahrimizda tashqi reklama vositalari muntazam o‘rganib borilmoqda. 

Navbatdagi o‘rganishlar Kattaqo‘rg‘on shahrining Alisher Navoiy, Mustaqillik, Sharof Rashidov, Ulug‘bek Barnaev, Qoradaryo, Farobiy va Samarqand shox ko‘chalarida olib borildi. Joylarda ishchi guruhlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga targ‘ibot-tashviqot, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan, davlat tili qoidalariga mos kelmaydigan peshlavha, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlari olib tashlanmoqda. 

Hurmatli tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shundan oqilona foydalanishda mahsulotingizni targ‘ib etish bilan bog‘liq peshlavha, narxnoma, e’lon va boshqa axborot matnlarini joylashtirishda davlat tili qoidalariga rioya etishingizni so‘raymiz. 

Bahrom Ahmadov,

Shahar hokimi maslahatchisi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM