Events

SENI SOG’INDIK BAHOR

“NAVRO‘Z-2023” umumxalq bayrami munosabati bilan  “Seni sog‘indik bahor” shiori ostida, Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi viloyat hududiy bo‘limi, Kattaqo‘rg‘on shahar kino video MChJ, shahar Xalq ta’limi bo‘limi  hamkorligida "Kattaqo‘rg‘on” kinoteatrida tashkil qilingan tadbirga O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Bahodir Yuldoshev nomidagi 13 umumta’lim maktabi oq’ituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Image_tadbir: 

O‘quvchilar palov musobaqasida 

Shahrimizdagi mahallalarda, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida Navro‘z umumxalq bayrami arafasida milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Bugun shu munosabat bilan 6 umumta’lim maktabida 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil qilingan  “Palov tayyorlash” musobaqasi ham qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Image_tadbir: 

Tabrik

Toshkent shahrida Para Shaxmat sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionati musobaqasi o’tkazildi. 

Chempionatda ishtirok etgan Kattaqo'rg'on shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Shaxmat" to'garagi rahbari Ilhom G'ulomov faxrli 1-o'rinni qo’lga kiritdi. G’alaba muborak bo’lsin deymiz.

Image_tadbir: 

Ayni paytda

Payariq tumanidagi 53-umumta'lim maktabida "Uch avlod uchrashuvi"  bo‘lib o‘tmoqda. Unda nuroniylar, mehnat faollari, turli fan olimpiadalari va sport musobaqalarida zafar qozongan tumanimizdagi yoshlar ishtirok etmoqda.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM