Events

Хabarlar

Ingichka shaharchasidagi 3 -sektorda mahalladagi beshlik, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘ulom Islomov ishtirok etishdi.

Image_tadbir: 

Аyni paytda 

Shahar Soliq inspeksiyasi binosida 4 -sektor hududi mahallalaridagi beshlik, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish, yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etilishi bo‘yicha yig‘ilish boʻlib oʻtmoqda. Yigʻilishda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar Soliq inspeksiyasi  boshlig‘i, 4-sektor rahbari Farruh Gʻaniev ishtirok etmoqda.

Image_tadbir: 

Jarayon 

Kattaqoʻrgʻon shahridagi ichki yoʻllarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlarini amalga oshirayotgan shahar hokimligi Qurilish boʻlimi va shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilariga minnatdorchilik bildiramiz. 
Bu ishlar davom ettiriladi.  

Image_tadbir: 

Айни дамда

Шаҳар драма театрида СамДУ Каттақўрғон филиали талабалари учун университетнинг  "Мажидий издошлари" театр жамоаси томонидан Чингиз Айтматовнинг  "Эрта қайтган турналар" спектакли намойиш этилмоқда.  

Image_tadbir: 

Айни дамда      

Каттақўрғон шаҳар 2 умумтаълим мактабида "Беш ташаббус олимпиадаси"  мусобақаларини юқори савияда ташкил этиш ва ўтказиш юзасидан вилоят амалий семинари ўтказилмоқда.  Семинарда вилоят ёшлар сиёсати ва спорт бош бошқармаси бошлиғи Ш. Рўзиев, шаҳар ҳокими ўринбосарлари Жамшид Носиров, Шаҳло Кучкарова ҳамда спорт таълим муассасалари директорлари ва уларнинг оммавий спортни ривожлантириш ва селекция ишлари бўйича ўринбосарлари иштирок этмоқда.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM