“VATANPARVAR” MAHALLASIDA SPORT MAYDONCHASI OCHILDI
29.12.2023 - 16:27Joriy yilda "5 muhim tashabbus" olimpiadasi doirasida tashkil etilgan sportning “Engil atletika” turi bo‘yicha shahrimizning Amir Temur nomli mahalla yoshlar yetakchisi D.Shukrullaev tomonidan izlab topilgan iste’dodli yoshlar musobaqaning “A” ligasi Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shu munosabat bilan shahrimizdagi “Vatanparvar” mahallasida "Universal" sport maydonchasi qurib berildi.