Янгиликлар

Хabarlar

Tashqi migratsiyada bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini o‘rganish, migratsiyadan qaytgan oilalar bilan ishlash muhim vazifalardan biridir.

MEHNAT MIGRANTLARI BILAN ISHLASH BO’YICHA SEMINAR O’TKAZILDI

Shahar Drama teatrida sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan shaharga biriktirilgan vakil N.Rajabov ishtirok etdi. “Tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash” va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.

“NAVBAHOR” MAHALLASIDAGI TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova “Navbahor” mahallasida bo‘ldi. Mahalla hokim yordamchisining mahalladagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati, faoliyat yuritmaslik sabablari, "0" hajmda hisobot topshirgan tadbirkorlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
Bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM