Янгиликлар

Obodonlashtirish ishlari o‘rganildi 

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda shahardagi korxona va muassasalarning obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Xususan, shahar Dehqon bozori, Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Elektr ta’minoti korxonasi, shahar Istirohat bog‘i, Suv ta’minoti korxonasi hamda bir qator muassasalardagi sanitar holatlarni o‘rgandi. 

Ma’naviyat insonni ulug‘laydi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED, uchinchi mintaqaviy hudud, 37-son manzil-koloniyasi orqali “Metall solution” MChJda foydali mehnatga jalb etilgan maxsus kontengent va yoshlar o‘rtasida “Ijtimoiy islohotlar” kuni munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda TIB katta inspektori, katta serjant B.Roziqov, Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi shahar bo‘lim rahbari Q.Boykalonov va bosh xatib A.Nazarovlar ishtirok etdilar.

“Zarafshon” mahallasi yettiligining faoliyati o‘rganildi

Mahalla yettiligining hamkorlikdagi faoliyati mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitini yaxshilash, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishchiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kuni kecha “Zarafshon” mahallasida bo‘lgan shahar hokimi Gavhar Alimova mahalla vakillarining bu borаdagi ishlarni qay tarzda olib borayotganliklari bilan tanishdi.

Mahallalarda ma’naviyat ustuvor bo‘lishi lozim

Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ish uslubini tubdan o‘zgartirish, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan bilan shug‘ullanishlari, ma’naviyati va ma’rifatini yuksaltirish mahallalar yettiligining kundalik ustuvor vazifasi bo‘lishi lozim. Zero, ma’naviyat yuksalgan joyda huquqbuzarliklar bo‘lmaydi. Tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘ladi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM