Янгиликлар
Ogohlik-davr talabi
28.02.2023 - 14:58Kuni kecha shahar Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 9-umumtaʼlim maktabida yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida yoshlarni turli yot gʻoyalardan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Obodonlashtirish ishlari olib borilayapti
28.02.2023 - 09:53Bugun shahrimizning “Kunjupay” mahallasida “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mahallaning “Dilafkor”,“ Ziyovuddin” va “Zirabuloq” koʻchalariga maxsus texnikalar jalb etilib, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tosh-shagʻal yotqizish va tekislash, chiqindilarni hududdan chiqarish ishlari amalga oshirildi.
"Оқ -олтин" маҳалласида ўрганишлар давом этмоқда
27.02.2023 - 18:15Аввалроқ, "Оқ-олтин" маҳалласида ҳам "Оққўрғон тажрибаси" асосида ўрганишлар бошланганлигини айтган эдик.
Бугун Халқ қабулхонаси мудири Ҳамротош Шодиева бошчилигида 1-сектор штаби аъзолари, мутасадди соҳа вакиллари томонидан "Оқ-олтин" маҳалласида аҳоли муаммолари уйма-уй юриш орқали ўрганилмоқда.