Янгиликлар

INGICHKADA YANA BIR YIRIK LOYIHA AMALGA OSHIRILMOQDA

Bugun shahrimizga tashrif buyurgan Xitoyning  Xenan provinsiyasida joylashgan "Red Persimmon" MCHJ vakillarining shahar hokimi Gavhar Alimova bilan uchrashuvi bo’lib o’tda. Uchrashuv davomida xitoylik investorlar tomonidan Ingichka konida “Volfram ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

СЕНАТ АЪЗОЛАРИ МОНОМАРКАЗДА

Сенат аъзолари шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова ҳамроҳлигида ишсиз фуқароларни касб-ҳунарга қайта тайёрлаш мақсадида Каттақўрғон шаҳрида ташкил қилинган “Ишга марҳамат” мономарказида бўлдилар.
Мазкур марказ Каттақўрғон шаҳри, Пахтачи, Нарпай, Каттақўрғон, Нуробод Пастдарғом  туманларининг ишсиз фуқароларини  30 та касб ва чет тилларга ўқитиш орқали  мутахассислар тайёрланади. 

SENAT AʼZOLARI “OQ-OLTIN” MAHALLASIDA BOʻLDI

Senat aʼzolari mahallada PQ-376-son qarorga asosan tashkil etilgan “Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash” markazi bilan tanishdi. Fuqaro Najimova Dilafroʻz tomonidan YATT sifatida faoliyatini boshlagan markazda 8 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan. 2 nafariga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi  hisobidan subsidiyaga tikuv mashinkasi ajratilgan. Kelajakda yana 6 nafar xotin-qizni ish bilan taʼminlab, faoliyatini kengaytirmoqchi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM