Янгиликлар

KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABINING BUGUNGI KUNI

O‘zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentiligi tizimidagi Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z faoliyatini boshlaganligiga 8 oy to‘ldi. Maktab to‘liq shakllanishi bilan birga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 15 ta ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishga ulgurdi.

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda shahrimizning “Buhoro” koʻchasidagi yoʻl holati boʻyicha videomurojaat tarqalgan. 
 Mazkur murojaat yuzasidan shahar hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari J.Ahmedovning maʼlum qilishicha, ushbu koʻchadan ichimlik suvi oʻtkazish ishlaridan keyingi yuzaga kelgan yoʻldagi nosozliklar nazoratga olingan boʻlib, tez kunda  taʼmirlanib muammo bartaraf etiladi.

Buxoroga sayohat 

Shahrimizdagi 17-IDUM jamoasi tomonidan yaxshi niyatlar bilan qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi. Muhtaram Prezidentimizning  2017-yil 7-fevraldagi  "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan sayohat davomida  maktab jamoasi va o‘quvchilar shaharning ichki va tashqi tarixiy obidalarini ziyorat qildilar. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM