Янгиликлар
KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA KORXONALAR VA TASHKILOTLAR FAOLIYATINING UMUMIY TAVSIFI
20.06.2023 - 17:51Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahrida 2023 yilning 1 iyun holatiga ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 1908 tani tashkil qilib, shundan 1441 tasi yoki 75,5 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.
TABRIKLAYMIZ
20.06.2023 - 14:38"Yosh huquqshunoslar" tanlovining viloyat bosqichi g'olibi aniqlandi.
"Yosh huquqshunoslar" Respublikasi tanlovining viloyat bosqichida 14-18 yoshlilar toifasida Kattaqo'rg'on shahar 17-IDUM 11- sinf o'quvchisi Ruhshona Bohodirova faxrli 1-o'rinni egallab tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
MUNOSABAT
20.06.2023 - 11:34Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Alisher Navoiy koʻchasidagi ariqlar holati boʻyicha murojaat tarqalgan.
Mazkur murojaatda koʻrsatilgan holat shahar Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalari yordamida bartaraf etildi.
Shu oʻrinda ushbu hududda yashovchi aholidan turli chiqindilarni irrigatsiya arigʻiga tashlamasliklarini, oʻzlari yashab turgan uylari atrofini ozoda saqlashga eʼtibor qilishlarini soʻrab qolamiz.
MUNOSABAT
19.06.2023 - 19:46Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahri, Buxoro 2-berk koʻchasi atrofidan oqib oʻtuvchi zovur boʻyicha videomurojaat tarqalgan. Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, ushbu ochiq suv kollektori yaqinidagi aholi xonadonlari va ishlab-chiqarish korxonalaridagi hozirda mavjud vaziyat oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.