Янгиликлар

Kasb-hunar maktabi bitiruvchilari mustaqil hayot sari yo‘l oldi

Joriy o‘quv yilida shahrimizdagi Kasb-hunar maktabini 284 nafar yoshlar bitirib yangi hayot sari yo‘l oldilar. Bugun bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri o‘tkazildi. 
Unda kasb-hunar maktabi ma’muriyati, bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarni maktabda olgan bilim va hunarlaridan  kelgusi hayotlarida unumli foydalanib, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishlariga tilak bildirdilar.

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar, Goʻzalkent MFY, Bobur koʻchasi koʻp qavatli uylarni irrigatsiya arigʻidagi holat boʻyicha foto murojaat tarqaldi. 
Mazkur murojaat yuzasidan shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Sh.Saydiyevning maʻlum qilishicha, ushbu hududga xizmat koʻrsatuvchi “Qoʻrgʻon smart boshqaruv 777” MCHJ tomonidan tozalash ishlari amalga oshirilib, yigʻilib qolgan chiqindilar chiqarib ketilgan. 

KАТТАҚЎРҒОН ШАҲАР НАВБАХОР МФЙда ЧУКУРЛАШТИРИЛГАН ТИББИЙ КЎРИК ЎТКАЗИЛДИ

Каттақўрғон шаҳар Тиббиёт бирлашмаси бошлиғи Х.Х.Хамраев бошчилигида ва Аҳолининг соғлом турмуш тарзини қўллаб-қувватлаш ва жисмоний фаоллигини ошириш булими ходимлари иштирокида Каттақўрғон шаҳрида НАВБАХОР МФЙда саломатлик ва касалланиш ҳолатидан келиб чиқиб, хавф гуруҳларига мансуб аҳолига профилактика ва тиббий-санитария ёрдамлари 8 июл кунлари аҳоли ўртасида скрининг ва “Рационал овқатланишнинг соғлом турмуш тарзидаги ўрни” мавзусида ўқув машғулоти ўтказилди.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM