KATTAQOʻRGʻON SHAHAR HOKIMI GAVHAR ALIMOVANING RAMAZON HAYITI TABRIGI
10.04.2024 - 09:33Assalomu alaykum qadrli hamshaharlar!
Sizlarni, barcha moʻmin-musulmonlarni, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bu qutlugʻ ayyomda barchamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun cheksiz shukronalar aytamiz.