Davlatimiz rahbari raisligida 2022 yil 28 yanvarda Maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablarni yaxshilash faqat Xalq ta’limi vazirligining emas, balki barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edilar.
Shu maqsadda shahrimizdagi 11-IDUMda tashkil qilingan navbatdagi dars soati shahar DSI rahbari Farrux G‘aniev ishtirokida o‘tkazildi.
9 “B” sinfda Iqtisodiy bilim asoslari fanidan Soliqqa tortish asoslari mavzusida o‘tkazilgan ushbu dars qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, soha mutaxassisining savollarga amaliyot asosida bergan javoblari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.