Soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘quvchilarga dars o‘tdi

Davlatimiz rahbari raisligida  2022 yil 28  yanvarda Maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash bo‘yicha  o‘tkazilgan  videoselektor  yig‘ilishida maktablarni  yaxshilash  faqat Xalq ta’limi vazirligining emas, balki  barcha  vazirlik va  idoralar, hokimliklar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi  kerakligini ta’kidlagan edilar.
Shu maqsadda shahrimizdagi 11-IDUMda tashkil qilingan navbatdagi dars soati shahar DSI rahbari Farrux G‘aniev ishtirokida o‘tkazildi. 

9 “B” sinfda  Iqtisodiy  bilim  asoslari fanidan  Soliqqa tortish  asoslari mavzusida  o‘tkazilgan ushbu dars qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, soha mutaxassisining savollarga amaliyot  asosida  bergan  javoblari o‘quvchilarda  katta qiziqish  uyg‘otdi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM