Xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan (отпускa) chaqirib olishning o’ziga xos jihatlari
Mehnat kodeksi 232-moddasiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday roziliksiz chaqirib olish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xodimning roziligi bilan uni ta’tilga chiqqan kunning ertasiga ta’tildan chaqirib olish mumkin. Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Faqatgina ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.
Kattaqo’rg’on shahar adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuristkonsulti F.Norbekov