insurez
17-01-2025 16:02

Xitoylik va kattaqoʻrgʻonlik tadbirkorlar oʻrtasida kelishuvlarga erishilmoqda


Ayni kunlarda shahrimiz hokimi Gavhar Alimova Samarqand viloyat hokimligi delegatsiyasi bilan birgalikda Xitoy davlatida boʻlib turibdi. 
Shahar hokimi boshchiligida tashrif buyurgan Kattaqoʻrgʻon shahar tadbirkorlari bilan xitoylik investorlar oʻrtasida B2B uchrashuvlar oʻtkazilib, kelishuvlarga erishilmoqda.   

🤝Jumladan,  “Xosiyatbonu” XK  va  xitoylik hamkor kompaniyalar oʻrtasida yurak qon-tomir kasalliklarini davolash boʻyicha kelishuv amalga oshirildi. 
Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish yoʻnalishida ham muzokaralar olib borildi.  
Kelgusida xitoylik investorlarni bu borada shahrimizga tashrifi rejalashtirildi.

Teglar
- -