insurez
12-12-2024 15:04

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq 3 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tegishli idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibida 6 ta masala muhokama qilindi.

Dastlab, 2024 yilning 11 oyida Xalq qabulxonasi, sektorlar, tashkilot rahbarlar va hokim yordamchilarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodievaning axboroti eshitildi. Shundan so‘ng Kattaqo‘rg‘on shahrida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ijrosi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Yusupova hisobot berdi.

Shuningdek, sessiya davomida shahar hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2024 yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Dusanovning, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston mahalla uyushmasi shahar bo‘limi boshlig‘i A.Raxmonovning hisobotlari eshitildi.

Kun tartibidagi so‘nggi masala sifatida deputatlar tomonidan shahar hokimining 2024-yil 28-noyabrdagi “Shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 445-7-106 Q/24-sonli qarori tasdiqlandi.

Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Teglar
- -