insurez
11-12-2024 17:56

MUROJAATLAR IJOBIY YECHIM TOPDI


Bugun, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro Byurosi direktori oʻrinbosari Zokirjon Xolmuxammedov tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning koʻplab muammolari hal etildi. 

Shahar Madaniyat saroyida oʻtkazilgan mazkur qabulda Kattaqoʻrgʻon shahri hamda Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Paxtachi, Qoʻshrabot, Ishtixon, Nurobod va Pastdargʻom tumanlari aholisining sohaga doir murojaatlari oʻrganiladi.

Qabul davomida 40 dan ortiq  fuqarolarning aliment, sud-huquq, asossiz qarzdorlik va boshqa shu kabi huquqiy masaladagi murojaatlari oʻrganilib, 20 dan ortiq murojaatlar shu yerning oʻzida hal etilgan boʻlsa, 10 dan ortigʻi nazoratga olindi. Shuningdek, muddat talab etadigan murojaatlarni hal etilishi boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -