"Mening xavfsiz mahallam"
Ayni paytda SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida shu shior ostida viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Boboyev hamda shahar mas‘ullari ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Mahalla yoshlari, "Qalqon guruhi" va "Ko‘cha sardorlari" hamda yetakchilar ishtirokidagi mazkur tadbirda yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalalari muhokama etilyapti.
Endilikda ushbu shior ostida tashkil etilgan loyiha viloyatning barcha mahallalarida joriy etilib, profilaktik tadbirlar doimiy o‘tkazilishi belgilanmoqda.