JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Kattaqo‘rg‘on shahar 1-sektorda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Unda sektor hududidagi mahallalarning raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar, yoshlar yetakchilari va boshqalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda DIBQ viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Boymurodov ishtirok etdi.
Tadbir davomida islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan diniy mazmunda foydalanishda faqat rasmiy saytlardan foydalanish to‘g‘risida, yoshlarni turli yot g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.