HOKIMLIK XODIMLARI UCHUN TIBBIY KO‘RIK
Samarqand viloyati hokimligi tomonidan viloyat, tuman va shahar hokimliklari xodimlarini 2025-yil uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jadvali tuzilgan.
Mazkur jadvalga binoan, bugun Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligining xodimlari shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli Oilaviy poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar.
Zero, yurtimiz ravnaqi hamda aholi farovonligi yo‘lida ter to‘kayotgan insonlar salomatligi muhimdir.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.