insurez

Rahbaryat


  • Mamatov Ikromjon Ibragimovich


    Lavozimi: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i


    Qabul kunlari:Haftaning har Seshanba kuni Soat 09-00 dan 13-00 gacha


    E-mail:Mamatovikromjon1974@gmail.com


    Telefon raqami:+998944758782

  • Mamatov Ikromjon Ibragimovich  - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi


    Tug‘ilgan yili:20.10.1974  Tug‘ilgan joyi: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri
    Ma’lumoti:oliy Tamomlagan:2007 y. Toshkent moliya instituti (sirtqi)
    Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: moliya


    MЕHNAT FAOLIYATI


    1993-1994 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kattaqo‘rg‘on bo‘limi g‘aznachisi
    1994-1994 yy. - “O‘zdehqonsanoatbank” Kattaqo‘rg‘on bo‘limi 1-darajali xazinachisi
    1994-2003 yy. - Aksiyadorlik tijorat  “Tadbirkorbank”  Kattaqo‘rg‘on bo‘limi xazina mudiri, qarz  berish bo‘limi mutaxassisi,  qimmatbaho qog‘ozlar bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, qarz berish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, qarz berish bo‘limi boshlig‘i
    2003-2009 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki  Kattaqo‘rg‘on shahri filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari  vazifasini bajaruvchisi, o‘rinbosari, kredit-iqtisod bo‘limi boshlig‘i-boshqaruvchi o‘rinbosari
    2009-2015 yy. - Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bank Pastdarg‘om filiali boshqaruvchisi
    2015-2020 yy. - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish,  xizmat ko‘rsatish  sohasi  va  tadbirkorlik  masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni  qisqartirish masalalari  bo‘yicha  birinchi  o‘rinbosari,  iqtisodiy  taraqqiyot  va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i
    2020 y. - h.v. - Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining o‘rinbosari-shahar investitsiyalar  va tashqi savdo  bo‘limi  boshlig‘i 

    Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i


    Majmua (kompleks)ga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Sohaga daxldor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini tashkil etadi;
    tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirishni rag‘batlantirish, tumanda investitsiya  muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga  yo‘naltirilgan  yagona  investitsiya, jumladan, xorijiy investitsiyalar jalb qilish siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi  ishlarni muvofiqlashtiradi;
    xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tuman hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda  takliflar ishlab  chiqadi va  yuqori  turuvchi tashkilotlarga kiritib boradi;
    Respublikaning yillik Investitsiya dasturlari, viloyat va hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi  loyihalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etadi, xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish uchun investitsiya takliflari bo‘yicha yagona bazasini yuritadi;
    tumanning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, chet el banklari, jamg‘armalari, agentliklari, kompaniyalari va boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan investitsiya sohasidagi hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda rivojlantirish va hamkorlik yo‘nalishlarini  diversifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    tarmoq investitsiya dasturlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy sohalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish dasturlari bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirish  uchun xorijiy investitsiyalar, avvalambor to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy-texnik ko‘maklashishga  qaratilgan  mablag‘larni  jalb etishda ishtirok etadi;
    investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qilish, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, shuningdek,  investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qanday bajarilayotganini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor  choralar ko‘rish asosida tuman iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradi;
    xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar moliya institutlarining jalb etiladigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashishga qaratilgan  mablag‘lar (grantlar), O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish  bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
    tumanning iqtisodiy va investitsiya salohiyati to‘g‘risida xorijiy investorlarni keng xabardor qilish bo‘yicha Respublika, viloyat miqyosida va chet ellarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarida ishtirok etadi;
    iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida texnologik uskunalar,  butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlarni xarid qilish uchun tender (tanlov) savdolari o‘tkazish va ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblarni  aniqlashda ishtirok etish, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati va raqobatdoshligi, energiya va resurs tejamkorligi bo‘yicha zamonaviy talablarga, ekologik standartlarga javob beradigan ilg‘or texnologiya hamda uskunalar bo‘yicha jahon bozoridagi vaziyatning chuqur tahlilidan, taklif etilgan narxlarning dunyo bozoridagi o‘rtacha baho va yuzaga kelgan bozor kon’yunkturasiga mos kelishi, shuningdek,  tayyor  holda topshiriladigan loyihalar qiymati taklif etiladigan texnologiyaga qanchalik muvofiq ekanidan kelib chiqqan holda, tender hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tender takliflarini baholashda qatnashish, zarurat tug‘ilganda, o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalarini rad etish, tender natijalariga ko‘ra tuzilgan import shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida sotib olinadigan uskunalar, texnika va texnologiyalar, butlovchi buyumlarning narx  ko‘rsatkichlari, shuningdek, tayyor holda topshiriladigan loyihalarning qiymat ko‘rsatkichlariga doir import shartnomalarini tizimli asosda puxta ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
    tumandagi loyiha institutlari va tashkilotlarining investitsiya loyihalari, avvalo xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari  bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat  xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etadi;
    davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, eng avvalo, infratuzilma obyektlari va resurslar eng ko‘p sarf  qilinadigan tarmoqlarda  keng joriy  etishga ko‘maklashadi;
    dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan  o‘zaro  hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqadi;
    jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    tumandagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amalda foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda tuman iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga  ko‘maklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi;
    atrof- muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi  ekologik toza texnologiyalarni qo‘llagan holda  unumdorlikni  oshirishni nazarda tutadigan “yashil iqtisodiyot” texnologiyalarining prinsiplarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashadi;
    tuman innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistika faoliyati samaradorligining o‘sishiga faol ko‘maklashadi;
    xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini  va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshiradi;
    innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish  bo‘yicha takliflar kiritadi;
    innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  orqada  qolgan  hududlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini oladi;
    eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion  g‘oyalar,  ishlanmalar  va texnologiyalarni  joriy etishga ko‘maklashadi;
    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini, shu jumladan yirik riteylerlar yordamida ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berishni kengaytirishga ko‘maklashadi;
    ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga  ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
    sog‘liqni saqlash tizimini, shu jumladan kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni,  “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiyot axborot markazi” konsepsiyalarini joriy etish orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umrko‘rishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;
    “Xavfsiz shahar”, “Aqlli shahar” konsepsiyalarini joriy etishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydigan madaniy, sport va boshqa obyektlarni tashkil qilishni ham nazarda tutuvchi ilg‘or standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning faqat bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil rivojlanishini ta’minlashga ko‘maklashadi;
    atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan, atmosfera havosiga  chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni,  suv obyektlariga  tashlanadigan oqova suvlarni kamaytirishga, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga qaratilgan innovatsion  texnologik  yechimlar  ishlab  chiqadi;
    atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish  va ularni qayta ishlab chiqarish  bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarning, jumladan, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor, ekologik  toza avtotransport yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda qo‘llanishiga  ko‘maklashadi;
    suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan suvni tozalash, chuchuklashtirish, oqova suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
    maishiy va sanoat chiqindilarini qayta ishlash, shu jumladan energiya va bioo‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyalarni  joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
    iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
    innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli  fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik g‘oyalarini ishlab chiqadi;
    ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro  manfaatli yaqin hamkorlikni  yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi;
    yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental  ixtisoslashtirilgan  laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar  markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga  yo‘naltirilgan  tuzilmalarning  faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy  salohiyatini  mustahkamlashga  ko‘maklashadi;
    innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar,
    biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan  yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilarini  jalb qilgan  holda  tashkil  etishga,  shuningdek, IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashadi;
    uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendensiyalarini hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni,  shu jumladan yangi avlod transport vositalari, robot texnikalari va yuqori texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish  bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatadi;
    mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon  bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
    xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini  soliq, iqtisodiyot  va statistika  organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, shu asosda faoliyat  ko‘rsatmayotgan,  past rentabelli va zarar  ko‘rib  ishlayotgan  korxonalarni, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlar hamda yer uchastkalarini aniqlaydi;
    ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan  ishlab chiqarish quvvatlari, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlaydi;
    yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab  chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishidaularga ko‘maklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning "yo‘l xaritalari"ni ishlab chiqish va ularni amalgaoshirishni ta’minlaydi;
    Savdo- sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan obyektlar  negizida investitsiya loyihalarini  amalga oshirayotgan  tadbirkorlarga biznes  yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari,  tadbirkorlik faoliyati sohasidagi  qonunchilik, menejment,  moliyaviy boshqaruv  va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida o‘tkaziladigan kurslarda o‘qitishni tashkil qilish, bunda tajriba  almashish uchun respublika miqyosida ishlayotgan, katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etdi;
    tegishli hududda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek,  alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    kichik sanoat zonalarining samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish, kichik sanoat zonalari direksiyalarini shakllantirish hamda ular  faoliyati samaradorligini ta’minlaydi;
    investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish bo‘yicha taklif kiritadi;
    investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga yer maydonlari taqdim etish  to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan monitoring yuritadi;
    davlat mulki bo‘lgan ishlamayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar va  kichik  sanoat  zonalarining  ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda  «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotish  to‘g‘risida qaror  qabul  qilishda  ishtirok  etadi;
    erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning  bosh rejalarini, shuningdek, kichik sanoat zonalarini rivojlantirish rejalarini ko‘rib chiqish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini  qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga  oshirilishi  ustidan  monitoring  yuritadi;
    investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek investitsiyalash to‘g‘risida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan,  erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari  parametrlari  bajarilishi  ustidan monitoring  olib boradi;
    erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilari - tadbirkorlik subyektlariga investitsiya loyihalarini amalga oshirishda va korxonalarning faoliyat yuritishida yuzaga keladigan masalalar kompleksini hal etishda yordam ko‘rsatadi;
    erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
    kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning rahbar va xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayinlash  va vazifasidan  ozod etish  bo‘yicha  kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda mahalliy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi;
    qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini xatlovdan o‘tkazish hamda aniqlash bo‘yicha idoralararo komissiyasi hamda qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik  qiladi;
    turizm sohasi bo‘yicha: hududda turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, soha bo‘yicha qabul qilingan konsepsiya va dasturlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni belgilaydi;
    hududning turizm sohasidagi asosiy vazifalar va turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlaydi;
    turizm sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatiga taaluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqqa kiritadi;
    turistlar (ekskursantlar)ga hududdagi turistik resurslardan samarali foydalanadi, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi favqulotda yordam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlaydi;
    turizm sohasida turli tadbirlar (festivallar, sayllar v.b.)ni tashkil etadi va o‘tkazadi;
    chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa, turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va  kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshiradi;
    sohani chuqur tahlil qilish asosida turistik xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, bu boradagi mavjud muammolar va to‘siqlarni aniqlash,  sohani rivojlantirish hamda takomillashtirishning maqsadga muvofiq modellarini ishlab chiqadi va kelgusi rejalarni belgilaydi;
    turizm sohasining iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo‘nalishlardagi infratuzilmasini takomillashtirish va turizm yo‘nalishidagi diqqatga sazovor joylar, ularni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshiradi;
    qo‘shimcha turizm marshrutlarini ishlab chiqadi, chet el yoshlarini keng jalb etish maqsadida ko‘ngilochar komplekslar barpo etish, madaniy meros obyektlarida xalqimizning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan ekspozitsiyalarni tashkil qiladi;
    turizm sohasida turizmni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishini muvofiqlashtiradi;
    turizmni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlik, idora va qo‘mitalarning hududiy bo‘limlari ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
    turizm sohasidagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qiladi;
    turizm sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini jalb etadi,  xorijiy turoperatorlar va  ommaviy axborot  vositalari  bilan  hamkorlik  qilish orqali respublikaning mavjud sayyohlik salohiyatini keng yoritish choralarini ko‘radi;
    turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, turizm xizmatlarini eksport  qilish dasturlarini ishlab chiqish,  chet mamlakatlardagi turizm markazlarida narx konyukturasini o‘rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni  o‘zlashtirish hamda ularni eksport qilinishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
    madaniy-tanishtiruv maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun va sayohatlar tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi;
    yurtimizda va chet el mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan milliy va xalqarro turizm yarmarkalarida muntazam ravishda faol ishtirok etish yo‘libilan hududning ijobiy qiyofasini shakllantiradi;
    chet el mamlakatlari bilan turizm sohasida, ayniqsa turistlar oqimini ko‘paytirish hamda ularni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik va kelishuvlarni vakolatli organlar bilan birgalikda amalga oshiradi;
    hududdagi turizm axborot markazlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
    Biriktirilgan sohalarda ijro intizomini mustahkamlash va ulardagi ahvolni tanqidiy tahlil qilish, kadrlarni tanlash, tarbiyalash va o‘qitish  masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi hamda lavozimlarga tayinlash bo‘yicha takliflar beradi.
    Xalq deputatlari tuman Kengashi tegishli doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda ishlaydi.
    tasarrufidagi tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini  mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi  davlat hokimiyat  va  boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son  qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;
    o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish  yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etish;
    jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik  shaxslarning  murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuniga  muvofiq ko‘rib chiqish;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi. 
    Quyidagi komissiya va Kengashlar ish faoliyatini tashkil etadi:
    Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha tuman hududiy tanlov komissiyasi;
    Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Kengashi.
    Quyidagi tashkilotlar tegishli masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi:
    shahar Investitsiyalar bo‘limi;
    "Kattaqo'rg'on shahr EIZ" direksiyasi;
    Kichik sanoat zonalari direksiyasi;
    tuman Madaniyat bo‘limi;
    tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi;
    tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi;
    tumandagi turizm sohasi subyektlari (mehmonxonalar, turoperatorlar, turagentlar, hamroh-tarjimonlar,  umumiy  ovqatlanish  shaxobchalari v.b.); 
    tuman  “Hunarmand”  uyushmasi;
    tuman Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
    “Tasviriy oyina” va boshqa ijodiy uyushmalar;
    shuningdek faoliyat doirasiga kiruvchi barcha korxona tashkilot hamda xo‘jalik birlashmalari.