insurez

Guruh rahbari

Shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhining asosiy vazifalari

Guruh rahbari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, viloyat hamda shahar hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbarlarni tanlash, tayinlash, joy-joyiga qo‘yish va ularga amaldagi hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha guruhning faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Kadrlar zahirasining sifati uchun shaxsan javob beradi.

Tashkiliy-kadrlar guruhi boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni hokimning ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi.

Tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini tashkillashtiradi.

Kelgusida hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi.

Hududiy boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi.

Boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi.

Zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi.

Hokimning o‘rinbosarlari bilan birgalikda mutasaddilik qiladigan hokimlik apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

Zahiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimga tayyorlab borishni tashkil etadi. Kadrlarni tayyorlab borishning sxemalari tuzilishini ta’minlaydi va uning ijrosini nazoratga oladi.

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan shahar hokimligi, hududiy boshqaruv organlari ishini tashkillashtirish, ularning ish faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Guruhga kelgan hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi.

Guruhning barcha mutaxassislariga topshiriqlarni beradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Xalq deputatlari shahar Kengashining hamda shahar hokimligining ish rejasi loyihalarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Shahar hokimligi rahbariyatiga tashkiliy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha guruhning faoliyati hamda shahar hokimligida olib borilayotgan tashkiliy va kadrlar ishlari to‘g‘risida axborot beradi va takliflar kiritadi.

O‘z vakolati doirasida kadrlarni tanlash, tavsiya etish va almashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi va shahar hokimligi rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiradi.

Shahar hokimiga guruh xodimlarini, shahar hokimligi, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlarini rag‘batlantirish yoki ishdan chetlash to‘g‘risida takliflar kiritadi.

Hokim tomonidan o‘tkaziladigan majlislarni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, hokimni ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida belgilangan muddatlarda xabardor qiladi.

Har haftalik apparat yig‘ilishlarini tashkil etadi, yig‘ilishlar kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni shahar hokimligi boshqaruv apparati tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda tayyorlaydi.

Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari va shahar hokimining rahbarligida ish olib boradi.

Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etadi.

Shahar hokimligida, boshqarma, tashkilot va korxonalarda ijro nazoratini kuchaytirish, ish yuritish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va shahar hokimining hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazoratini olib boradi.

Yetakchi mutaxassis

Guruh rahbari orqali biriktirilgan (kuratorlik) tashkilotlardagi ahvol to‘g‘risida axborotnomalar kiritadi hamda hokimlikning tashkiliy va kadrlar ishini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, viloyat hamda shahar hokimligi rahbar kadrlar lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar va zahiradagi kadrlarning shaxsiy yig‘ma jildlariga belgilangan tartibda ma’lumotlar to‘plab, ularning saqlanishini ta’minlaydi, kadrlarning o‘zgarishini qayd etib boradi va har oyda vakant o‘rinlar haqida ma’lumotlar tayyorlaydi;

Zaxiraga olingan kadrlarni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimga tayyorlab borish sxemasini va muddatlarini doimiy nazoratini olib boradi va bu borada guruh rahbariga axborotlar tayyorlaydi;

kelgusida hududiy boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;

hududiy boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;

boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;

zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;

shahar boshqaruv tizimida kadrlar bilan ishlashning ahvolini tahlil qilib boradi;

rahbar kadrlar almashinuvi (rotatsiya) ehtiyojlarini o‘rganib, shu haqda guruh rahbariga ma’lumotlar tayyorlaydi;

iste’dodli, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, fidoyi yosh kadrlar to‘g‘risida ma’lumotlarni jamlab, o‘rganib, ularni rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olish yuzasidan guruh rahbariga takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasiga kadrlarni tanlash, quyi tashkilot organlari rahbarlarini o‘qitish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha hamda o‘quv-seminar o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Guruh rahbarining topshirig‘iga binoan 1-toifali mutaxassisning shaxsiy ish rejalarini tuzishni tashkil etadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, guruhning ish rejasini ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro intizomiga oid topshiriqlari ijrosini tegishli shahar hokimligi tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan ijro intizomi masalalarida hamkorlik qiladi.

Guruh vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganadi.

Belgilangan tartibda shahar hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni tashkil etadi.

Guruh vakolatiga kiradigan va tayyorlangan qaror, farmoyishlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni o‘rganadi, tayyorlaydi va o‘z takliflarini kiritadi.

Guruh mutaxassislari bilan birgalikda guruh vakolatiga kiradigan qaror va farmoyish loyihalarini tayyorlaydi.

Belgilangan tartibda shahar hokimligi boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi.

Guruh vakolatiga kiradigan va tayyorlangan qaror, farmoyishlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni o‘rganadi, o‘z takliflarini kiritadi.

Bo‘limlarda hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining ahvoli, shahar hokimi yig‘ilishi bayoni topshiriqlari ijrosi bo‘yicha haftalik ma’lumot tayyorlaydi.

Tumna hokimi qarorlari, farmoyishlarini yo‘riqnoma talablari asosida o‘z vaqtida qabul qilinishi hamda nazoratga olingan barcha topshiriqlarni, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlarining o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanishini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi.

Elektron hujjat aylanish tizimi va Ijro intizomi bo‘yicha yagona idoralararo tizim orqali kelib tushgan hujjatlarni o‘z vaqtida ijrosi etilishini ta’minlay va belgilangan tartibda nazoratdan chiqarilishini amalga oshiradi.

O‘z vazifalarini Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi
12-sonli qarori bilan tasdiqlangan asosiy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Shahar hokimi topshirig‘iga binoan guruh rahbari yo‘qligida vaqtincha guruh rahbari vazifasini bajaradi.

Ushbu Nizomda ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Hujjatlar


  • Hujjatlar yo'q

Teglar