ZIYORATCHILAR KUTIB OLINDI
27 may kuni Kattaqo’rg’on shahridan 33 nafar ziyoratchilar muborak “Haj-2025” ibodatini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishgan edi.
Ulug‘ safar davomida hamshaharlarimiz Saudiya Arabistonining Madina va Makka shaharlarida bo‘lib, Haj amallarini mukammal ado etishdi.
Bugun, shahar hokimligi oldida tegishli masʼullar va bir qator fuqarolar safardan qaytgan hoji otaxonu-onaxonlarimizni kutib olishdi.
Ziyoratchilar haj safarini ado etishda davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni alohida eʼtirof etishib, Allohdan yurtimizga fayzi baraka, xalqimizga farovonlik, ertangi umidimiz bo‘lgan farzandlarimiz baxti, kamolini so‘rab, duolar qilishdi.