insurez
21-07-2025 11:51

YOSHLAR -yurt ishonchi


Yoshlarga boʻlgan eʼtibor bugungi kunda mamlakatimizda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida oʻz aksini koʻrsatmoqda.

Davlatimiz rahbarining yoshlarga boʻlgan ishonchlari va qoʻllab-quvvatlashlari sababli yurtimiz yoshlari nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda yuksak marralarni zabt etmoqdalar.

Kattaqoʻrgʻon shahrida ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarga biriktirilgan masʼul rahbar, hokim oʻrinbosari , oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sh.Kuchkarova "Bahoriston" va "Kunjipay" mahallalarida boʻlib, uyma-uy yurib yoshlarning muammolarini xonadonbay oʻrgandilar. Ularning bandligi asbob uskuna berilib taminlandi. Bundan tashqari oʻrganilgan  muammolarning bir qismi joyida hal etilgan boʻlsa, ayrimlari esa hamkor tashkilotlarga yoʻnaltirildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -