"YOSHLAR VA QONUN" TANLOVINING KATTAQO'RG'ON SHAHAR BOSQICHI YAKUNLANDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik Tibbiyot texnikumida shahar Yoshlar ishlari bo'limi hamda shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda "Yoshlar va qonun" tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi. Tanlov 14-18 va 18-30 yosh toifasida 4 ta shart asosida tashkil etildi.
Tanlov yakuniga ko'ra:
🥇1-o'rin "O'rikzor" mahallasi jamoasi
🥈2-o'rin Amir Temur nomli mahallasi jamoasi
🥉3-o'rin "Chinobod" mahallasi jamoalariga nasib
etdi.
Tanlov so'ngida g'olib jamoalar munosib taqdirlanishdi.