insurez
21-02-2025 11:07

YOSHLAR TARBIYASI DOLZARB MASALA


Shahrimizdagi umumta’lim maktablarida ta’lim samaradorligini oshirish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
2- IDUM da tashkil qilingan  “Yoshlarning odob-axloqi, yurish-turishi, dunyoqarashida ta’lim-tarbiyaning o‘rni” mavzusidagi seminar ham shu maqsadda o‘tkazildi.

Unga shahar hokimi Gavhar Alimova, deputatlar, jamoatchilik vakillari va ta’lim sohasi xodimlari dastlab,  ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng mehmonlar  maktabda amalga oshirilayotgan maktab hayotini aks etgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, Boshlang‘ich xotin-qizlar “Qizlarjon klubi” faoliyati,  laboratoriya, texnologiya xonalari, kitobxonlik targ‘iboti, sport va fan to‘garaklari faoliyati, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida tashkil qilingan ishlr bilan tanishdilar.

Shahar hokimi qizlar bilan suhbatda har bir qiz bilim olishi bilan birga biror hunarni egallashi, kelgusida bu uning o‘zi, oilasi uchun ham muhim ekanligini ta’kidladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

Teglar
- -