Yoshlar masalasida hamkorlik ish samaradorligida muhim natija
Bugun shahrimizda bo‘lgan Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i v.b D.Azizova Kattaqo‘rg‘on Pedagogika institutida yoshlar va xotin- qizlar bilan uchrashdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, so‘z olgan shahar hokimi o‘rinbosarlari Sh.Kuchkarova va J.Gʻaniyevlar shaharda yoshlarni, xotin-qizlarni qo‘lab-quvvatlash borasida hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.
Shundan so‘ng Yoshlar ishlari shahar bo‘limi boshlig‘i B.Qo‘ziyev o‘tgan davr mobaynida yoshlar masalasi, ijtimoiy- ma’naviy rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan axborot berdi.
Viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i shaharda bu borada olib borilayotgan ishlarni e’tirof etdi.
Tadbir yakunida yoshlarni, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarda faollik ko‘rsatgan mas’ullarga boshqarmaning tashakkurnomalari topshirildi.




