insurez
16-07-2025 16:42

Yettilik” aʼzolarining hisoboti eshitildi


Bugun shahrimizdagi “Yermachit” mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, “Yermachit” mahallasi kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Dastlab, mahalla raisi o‘z vazifa va majburiyatlaridan kelib chiqib, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi. Shundan so‘ng hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yettilikning boshqa a’zolarining ham hisobotlari tinglandi. Hisobotlarni berishlari davomida kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

Shuningdek, yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova Prezidentimizning 159-sonli qaroriga ko'ra Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Kattaqo‘rg‘on shahrini ichimlik suv va oqova suv tozalash inshootlari va oqova tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning muhim ahamiyati haqida to'xtaldi. 

Teglar
- -