Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi
Bugun shahrimizdagi “O'rikzor” mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, “O'rikzor” mahallasi kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.
Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.
Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida "O'rikzor" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlarning aholi farovonligi yo'lidagi muhim ahamiyati haqida to'xtaldi.
Suningdek, shahar hokimi ushbu mahallada o'z xonadonida tikuv sexi tashkil etib tadbirkorlikni yo'lga qo'ygan fuqaroning xonadoniga tashrif buyurib, ishlab-chiqarish jarayoni bilan tanishdi.