insurez
04-08-2025 18:34

Yettilik” aʼzolari hisoboti eshitildi


Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy mahallasida yettilik aʼzolarining kengash oldidagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishida shahar hokimi Gavhar Alimova, ushbu mahalla kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Yettilik aʼzolari o‘z hisobotlarida mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,  yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilgan ishlari yuzasidan maʼlumot berishdi.

Yig'ilishda shahar hokimi G.Alimova Prezidentimizning "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 330-sonli qarori asosida mazkur mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning aholi farovonligi yo'lidagi muhim ahamiyati bo’yicha so’zladi.

Shuningdek, shahar hokimi Kattaqo’rg’on shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar va ko’rilayotgan chora-tadbirlarning bugungi natijalari haqida to’xtaldi.

 

Teglar
- -