insurez
02-08-2025 10:14

YER UCHASTKALARINI BERISH (REALIZATSIYA QILISH) QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI:


1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida;

2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan;

3) ijaraga berish — elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

 

Yer kodeksi 23-moddasi 2-3 qismlar (https://lex.uz/docs/152653)

 

Kattaqo’rg’on shahar adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti F.Norbekov

Teglar
- -