insurez
09-06-2025 17:51

YANGI O’ZBEKISTON OLIMPIYA CHO’QILLARI


Kattaqo'rg'on shahrida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo'lib o'tdi.

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining Stol tennis bo‘yicha mintaqaviy bahslarining tantanali ochilish marosimida Kattaqo'rg'on shahar  hokimi o'rinbosari J.Ganiyev, Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari va mutasaddi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

Bugungi mintaqaviy bosqichda Kattaqo'rg'on shahar va Kattaqo'rg'on, Narpay, Paxtachi tumanlaridan 120 nafardan ortiq yoshlar, "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqaning yakunida g‘olib topilib musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandilar. 

Teglar
- -